О Нас

SAD — shaharlar rivojlanishini belgilovchi bosh rejalar (master-plan), arxitektura va dizayn yechimlarini yaratadigan xalqaro arxitektura va loyihalash kompaniyasi. 18 yildan ortiq vaqt davomida biz turar joy majmualari, tijorat ko‘chmas mulki, jamoat makonlari hamda aralash funksiyali (mixed-use) obyektlarni loyihalab kelmoqdamiz. Shuningdek, developerlar va investorlarga bozorda talab yuqori bo‘lgan loyihalarni yaratish hamda O‘zbekiston bozoriga muvaffaqiyatli kirish bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatamiz.

Jamoamiz to‘liq sikldagi loyihalarni amalga oshiradi — hududni tahlil qilish, investitsion baholash va master-reja ishlab chiqishdan boshlab, arxitektura loyihalash, interyer dizayni, loyihani amalga oshirish hamda tayyor aktivni rivojlantirishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni qamrab oladi. Biz har qanday miqyosdagi murakkab, ko‘p tarmoqli loyihalarni — alohida obyektlardan tortib hududlarni kompleks rivojlantirishgacha — muvaffaqiyatli amalga oshirish tajribasiga egamiz.

Bizning asosiy ixtisoslashgan yo‘nalishlarimizdan biri — yirik jamoat, tijorat, mehmonxona, sport va ko‘p funksiyali obyektlarni loyihalash, shuningdek 20 000–50 000 m² va undan ortiq maydonga ega katta interyerlarni yaratishdir. Bunday loyihalar yagona konsepsiya, turli soha mutaxassislarining murakkab muvofiqlashtirilishi hamda yuqori samaradorlikka ega loyiha yechimlarini talab qiladi.

Bugungi kunda loyihalarimiz O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkiya, Ispaniya, Indoneziya va BAAda amalga oshirilmoqda. Mijozlar bizga noodatiy yondashuv, chuqur tahlil hamda investorlar, davlat, biznes va jamiyat manfaatlarini yagona rivojlanish strategiyasiga birlashtirishni talab qiladigan murakkab vazifalarni ishonib topshiradilar.

Loyihalashtirilgan va amalga oshirilgan loyihalar
0 +
Asoschining professional tajribasi yillari
0 +
Mijozlarimiz faoliyat yuritayotgan va loyihalar amalga oshirilayotgan mamlakatlar
0 +
01

Arxitekturaviy loyihalash

Biz ratsionalizm va ijodkorlik o‘rtasidagi muvozanatni saqlagan holda noyob konsepsiyalarni yaratamiz

02

Muhandislik loyihalari

Zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda biz ishonchli va samarali yechimlarni taklif qilamiz.

03

Interer dizayni

Mukammal muhitlarni yaratamiz va ergonomikadan tortib intererni to‘ldirishda ishlatilinadigan detallargacha hisobga olamiz.

04

Loyiha oldi konsaltingi

Biz ratsionalizm va ijodkorlik o‘rtasidagi muvozanatni saqlagan holda noyob konsepsiyalarni yaratamiz

01

Arxitekturaviy loyihalash

Biz ratsionalizm va ijodkorlik o‘rtasidagi muvozanatni saqlagan holda noyob konsepsiyalarni yaratamiz

02

Muhandislik loyihalari

Zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda biz ishonchli va samarali yechimlarni taklif qilamiz.

03

Interer dizayni

Mukammal muhitlarni yaratamiz va ergonomikadan tortib intererni to‘ldirishda ishlatilinadigan detallargacha hisobga olamiz.

04

Loyiha oldi konsaltingi

Biz ratsionalizm va ijodkorlik o‘rtasidagi muvozanatni saqlagan holda noyob konsepsiyalarni yaratamiz

Bizning tamoyillarimiz

Interyer dizayn, arxitektura va muhandislik loyihalari jamlangan portfoliomiz bilan tanishib chiqing

01

Arxitekturaviy
loyihalash

Biz dizayn va arxitektura har bir inson hayotiga ta’sir qilishi va unga yangi imkoniyatlar yaratishiga ishonamiz.

Dunyo bo‘ylab mijozlarimiz o‘z orzu va g‘oyalarini bizga ishonib topshiradilar, chunki biz har qanday vazifani uddalay olishimizni biladilar: shahar klasteri loyihasini ishlab chiqishdan tortib, biznes markazlari va banklar uchun materiallar va mebellar xarid qilish tenderini o‘tkazishgacha.

“САД” mutaxassislari ko‘p yillik loyihalash tajribasi hamda ishlab chiqaruvchilar, qurilish kompaniyalari, maslahatchilar va materiallar yetkazib beruvchilar bilan hamkorlikka tayanib, sizning g‘oyalaringizni hayotga tatbiq etadilar.

Yillar davomida qurib kelgan mustahkam obro‘yimiz mijozlar bilan uzoq va muvaffaqiyatli hamkorlik qilishimizga imkon beradi, bu esa o‘z navbatida to‘liq ishonchga asoslanadi.

Rejalashtiruvchilar va dizaynerlar, muhandislar va me’morlar, tahlilchilar va iqtisodchilar bilan hamkorlikda 18 yildan ortiq vaqt davomida kelgusi avlodlar uchun dunyo qurmoqdamiz va uni yaxshilashga intilmoqdamiz.

“Студия САД” shunday tuzilgan

- Davron Talipov va Maksim Oltyan, “Студия САД” ta’sischilari

BIZNING JAMOA

Ko‘p yillik tajribaga ega 60 nafar mutaxassisdan iborat

BIZNING MUKOFOTLARIMIZ

Bizga ishonishadi

Biz bozordagi kuchli kompaniyalar bilan hamkorlik qilamiz. Doim sinovdan o’tgan pudratchilar bilan aloqaga kirishamiz. Ishlarimizning sifati barqarorligini ushlab turamiz va yildan yilga yaxshilab boramiz

Biz bilan bog'lanish